BODO SHEFERDAN BOY BO‘LISHNING 15 PRINSIPI
Boyib ketish ko‘p tomondan insonning qanday o‘ylashi va hayotiy prinsiplariga bog‘liq. Millioner, yozuvchi va biznesmen Bodo Shefer garchi 26 yoshida kasodga uchrab, bor-yo‘g‘ini yo‘qotgan bo‘lsa ham, o‘ttiz yoshida o‘zi kiritgan sarmoylari foizi hisobiga yashagan. Uni bunday muvaffaqiyatlarga erishishida o‘zining fikrlashi sabab bo‘ldi. Uning muvaffaqiyat prinsiplari bilan tanishing. O‘zingiz ham ularga amal qilishga urining, albatta boyishni istasangiz!
1- prinsip

Daromadingizdan 25 foizi va qo‘shimcha daromadlaringizdan 50 foizini jamg‘arib boring. Oxir-oqibat shu pullarni biror ishga tikish mumkin. Banklarda esa pullar “tug‘maydi”, shunchaki mablag‘ingizni inflatsiyadan saqlab turadi xolos.

2- prinsip

Tejang! Pullarni tejash va yig‘ib qo‘yish bilan bir necha yil ichida millionerga aylanish mumkin. Pulni sovurish hayot tarzingizga aylangan bo‘lsa, to‘kinchilikka erishish yo‘lidan ketmayapsiz.

3- prinsip

Bizning fojeamiz shuki, biz pulga yomon munosabatda bo‘lamiz. Pulni seving! Uni sarflab emas, avaylab sevish kerak. Biroq ko‘nglingizga yoqqan ishlarning hammasidan ham voz kechish yaramaydi.

4- prinsip

O‘zingizning moliyaviy rejangizni 7-10 yilga tuzing. Nimaga intilayotganingizni va bir necha yildan keyin qancha topishni istayotganingizni bilib turing. Shu maqsadlaringizga erishish uchun nimalar qilishingiz kerakligini aniqlab oling.

5- prinsip

Orzular mayda bo‘lmasligi kerak! Global fikrlashni o‘rganing! Millardlar va katta muvaffaqiyatlar haqida xayol suring. Katta orzularni kichik maqsadlarga bo‘lib chiqasiz. Yirik mo‘ljallingizga yetish uchun navbatma-navbat kichik maqsadlaringizga erishib boring.

6- prinsip

Sizning fikrlashingiz tamoyillari xuddi millarder va millionerlarnikidek bo‘lishi kerak. Boylardagi tushunchalar bilan fikrlashga harakat qiling.

7- prinsip

O‘zingizga ishoning. O‘zingizda ushbu prinsiplarni shakllantiring. Pul va odamlar o‘zingga ishonganlarga talpinadi! Ishlaringiz pachava bo‘lgan paytda ham yorug‘ kunlar kelishiga ishoning. (Bodo Shefer 26 yoshida kasodga uchrab, bor budidan ayrilgan, lekin qaddini tiklashga o‘zida kuch topib, yana millionerga aylangan).

8- prinsip

Muammolardan qo‘rqmang! Muammolar va muvaffaqiyatsizliklarni tabassum bilan qarshi olishni o‘rganing. Katta maqsadlar ko‘pincha o‘zi bilan katta muammolar va qiyinchiliklarni olib keladi. Muammolarga yechim topib, ularni yengib biz kuchliroq bo‘lamiz.

9- prinsip

Mohiyatan 8- prinsipga qo‘shimcha: Yiqilgan turib kuchliroq bo‘ladi. Inqirozga uchragan yoki ishi yurishmagan odamlar uchun juda qo‘l keladigan qoida.

10- prinsip

To‘kin-sochinlikka iqtisodiy yetishmovchilik va sarf-xarajatlarni reja qilish bilangina erishiladi. Moliyaviy erkinlik moliyaviy cheklovlar bilan keladi.

11- prinsip

Omad unga tabassum qilganlarga kulib boqadi.

12- prinsip

Agar biror ishni qilishga qaror qilib, 72 soat ichida uni qilishga kirishmasangiz — 85 % holatlarda siz uni hech qachon amalga oshirmaysiz.

13- prinsip

Boyib ketishingizga ishonasizmi? Ishonish yoki ishonmasligingizdan qat’iy nazar, agar mablag‘ingizni boshqarishning oddiy qoida va prinsiplariga rioya qilsangiz, albatta boyiysiz! Boz ustiga, uzog‘i bilan 7-10 yilda. Pulingiz bilan to‘g‘ri muomala qilishni bugunoq boshlang!

14- prinsip

Ushbu prinsip yana “Bodo Sheferning 20ga 80 qoidasi” deb ham ataladi. Atigi 20% sayi harakatlar 80% natija olib keladi! Xuddi shunday, 80% sayi harakatlar atigi 20% beradi.

15- prinsip

Boylik— tug‘ilganimizda berilgan huquqimiz. Badavlat bo‘lish uchun boy oilada tug‘ilish, yaxshi ta’lim olish shart emas. Pulga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish va komillikka intilishning o‘zi kifoya.

Manba: realbiznes.uz
Категория: Foydali ma'lumotlar | Добавил: KenegesGROUP (11 Fev 2019)
Просмотров: 364 | Теги: BODO SHEFERDAN BOY BO‘LISHNING 15 P | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0