13:35
Diqqat, abituriyentlar! Ruxsatnoma tarqatish boshlandi
Bugun, 20 iyuldan 2019/2020 o‘quv yili test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatmasi”ni tarqatish boshlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Abituriyent ruxsatmasi”ni tarqatish quyidagicha amalga oshiriladi:

Abituriyentlar Davlat test markazining ruxsatnoma.dtm.uz veb-sayti orqali pasport (yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma) seriyasi va raqamini kiritgan holda “Abituriyent ruxsatnomasi” va “Abituriyentga eslatma”ni chop etib olishlari mumkin.

Abituriyentlar ruxsatnoma.dtm.uz veb-saytidan ruxsatnoma chiqarib olish imkoniyatiga ega bo‘lmasa yoki foydalanishni bilmasa, kunduzgi ta’lim shakli uchun 23-26 iyul kunlari, sirtqi va kechki ta’lim shakllari uchun 27-29 iyul kunlari quyidagi muassasalarga murojaat etgan holda ruxsatnomalarini olishlari mumkin:

- Davlat xizmatlari markazlari;

- Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari;

- Bandlikka ko‘maklashish markazlari.

Ushbu tashkilot xodimlari Davlat test markazining ruxsatnoma.dtm.uz veb-saytidan “Abituriyent ruxsatnomasi”ni abituriyentga chop etib beradi.

Sunnatilla Abdullayev
Категория: Kun yangiligi | Просмотров: 440 | Добавил: KenegesGROUP | Теги: Ruxshona | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0