11:43 Tamakisiz sog‘lom hayot |
|
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, har yili dunyoda olti million kishi tamaki chekish tufayli eng og‘ir kasalliklarga chalinib, hayotdan ko‘z yumadi. Bu – sigaret har olti soniyada bir odamning umriga zomin bo‘lmoqda degani. Bugun dunyoda tamaki chekuvchilar soni 1,6 milliardga yaqinlashgan. Bu muammoga qarshi kurashishning eng samarali yo‘li sog‘lom hayot kechirishni tanlashdir. Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida 31-may – Xalqaro kashandalikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan «Tamakisiz sog‘lom hayot» mavzuida o‘tkazilgan anjumanda shular haqida so‘z bordi. Ibn Sino jamoat fondi «O‘zbekiston – Fransiya», «O‘zbekiston – Italiya» do‘stlik jamiyatlari bilan hamkorlikda tashkil qilgan tadbirda farmatsevtika sohasida faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat va xalqaro tashkilotlar vakillari, professor- o‘qituvchilar, tibbiyot sohasining yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi. |
|
|
| Всего комментариев: 0 | |