ТЕЗПИШАР ПИШИРИҚ

ШОШИБ ТУРГАНДА БЕКАЛАРГА АСҚАТАДИ!

Зарур масаллиқлар:
500 гр. тайёр қатлама хамир,
3 та нок, 1 дона тухум,
3 ош қошиқ эзилган ёнғоқ мағзи,
1 бўлак лимон,
таъбга кўра шакар
ва долчин.

Тайёрланиши:
1. Қатлама хамирни ёйиб,
6 та катта тўртбурчак бўлак кесиб олинг.

2. Нокни арчиб, майдалаб тўғранг-да, лимон шарбатидан сепинг.

3. Хамир бўлаклари устига нокдан солиб, озгина долчин сепинг. Учбурчак шаклда тугасиз-да, юзига тухум сариғидан суртасиз.

4. Пишириқлар устига қанд упаси ва ёнғоқ мағзидан сепиб, 190 даражада қиздирилган газ печига 25 дақиқага қўйинг.
3 кишилик
50 дақиқа
Pazandachilik sirlari
540
Tursunboev_Urinboy
17 Mar 2018
1

Tamakisiz sog‘lom hayot

Jahon sog‘liqni saqlash
tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra,
har yili dunyoda olti million kishi
tamaki chekish tufayli eng og‘ir
kasalliklarga chalinib, hayotdan ko‘z
yumadi. Bu – sigaret har olti
soniyada bir odamning umriga
zomin bo‘lmoqda degani. Bugun
dunyoda tamaki chekuvchilar soni
1,6 milliardga yaqinlashgan. Bu
muammoga qarshi kurashishning
eng samarali yo‘li sog‘lom hayot
kechirishni tanlashdir.
Toshkent vrachlar malakasini
oshirish institutida 31-may – Xalqaro
kashandalikka qarshi kurashish kuni
munosabati bilan «Tamakisiz
sog‘lom hayot» mavzuida
o‘tkazilgan anjumanda shular haqida
so‘z bordi. Ibn Sino jamoat fondi
«O‘zbekiston – Fransiya»,
«O‘zbekiston – Italiya» do‘stlik
jamiyatlari bilan hamkorlikda tashkil
qilgan tadbirda farmatsevtika
sohasida faoliyat olib borayotgan
nodavlat notijorat va xalqaro
tashkilotlar vakillari, professor-
o‘qituvchilar, tibbiyot sohasining
yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.
Sog'lom turmush tarzi
520
Tursunboev_Urinboy
17 Mar 2018
0