Bugun, 21 mart milliy va qadimiy bayramimiz Navro'z nishonlanadigan kun.
Navro'z xalqimizning eng sevimli bayramlaridan biri hisoblanadi. Chin manoda bahor bayrami. Bunda dasturxonlar noz-nematlarga to'lib toshadi, deyarli har bir o'zbek xonadonida doshqozonlarda sumalak qaynaydi. Yoshlarni aytmaysizmi, qizlar sochlariga jamalak taqishadi, bolalar va yigitchalar esa qo'lga varrakni olib qir-adirlarga yugurib ketishadi.