Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Qurbon Hayitini nishonlash to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. Unga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019-yilda Qurbon Hayitining birinchi kuni 11-avgust, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olingan.