11:24
Ramazon
Ramazon - hijriy yil hisobining to‘qqizinchi oyi. Islom dinida Ramazon oyida AllohMuhammad (S.A.V)ga Qur’onni vahiy qilgan deb talqin etiladi. Shu sababli, Ramazon muqaddas oy hisoblanadi, bu oy davomida dindorlarga ro‘za tutish buyuriladi. Ramazon - arablarda islomdan avvalgi to‘rt muqaddas oydan biri; dastlab yoz fasliga to‘g‘ri kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada Ramazon oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) an’ana bo‘lgan.
Ramazon oyining 27-kuniga o‘tar kechasi Muhammad (S.A.V)ga birinchi vahiy kelgan. Ramazonda ro‘za tutish hijratdan 17-18 oy keyin, ya’ni qibla tomon o‘zgartirilgandan bir oydan so‘ng joriy etilgan.

Ramazon — 1) hijriy yil hisobining 9oyi. Islom dinida R. oyida Alloh Muhammad (sav)ga Qurʼonni vahiy qila boshlagan, deb talqin etiladi. Shu sababli R. muqaddas oy hisoblanadi, bu oy davomida musulmonlarga roʻza tutish buyuriladi.

Ramazon — arablarda islomdan avvalgi 4 muqaddas oydan biri; dastlab yoz fasliga to‘g‘ri kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada Ramazon oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) anʼana bo‘lgan. Ramazon oyining 27kuniga o‘tar kechasi Muhammad (sav)ga Qurʼon nozil qilingan (qarang Laylatulkadr). Ramazon oyida ro‘za tutish hijraning 2 yili joriy etilgan.

Musulmon mamlakatlarida Ramazonga oid marosim va anʼanalar har bir o‘lkaning o‘ziga xos urfodatlaridan kelib chiqqan holda o‘tkaziladi.

2) Ramazon munosabati bilan aytiladigan marosim qo‘shig‘i. Ramazon oyida kun botgandan so‘ng bolalar ko'chamako'cha yurib, har bir xonadon eshigi oldida Ramazon qo‘shig‘ini aytishadi. Ramazon qo‘shiklari xonadonga yaxshilik, rizq, farzand, baraka tilash, Ramazonning muqaddas oyligini madh etishdan iborat. Ramazon aytish tugagach, xonadon egalari Ramazon aytuvchilarga non, shirinlik, pul, kiyimlik va boshqa inʼomlar chiqarib berishadi.

Ramazon bilan bog‘liq ko‘p sanalar ichida Rasululloh Muhammad (S.A.V)ning nabiralari Husash tavallud topgan kun (6-kun), Muhammad (S.A.V)ning zavjalari Xadicha vafot etgan kun (10-kun), Badr jangi kuni (17-kuni), Muhammad (S.A.V)ning Makkaga kirib kelishlari kuni (19-kun), Ali va imom Ali ar-Rizo vafot etgan kun (21-kun), Ali tavallud topgan kun (22-kun) kabilar e’zozlanadi. Ro‘zaning tugashi iyd al-fitr bayrami bilan nishonlanadi. Turli musulmon mamlakatlarida qadimgi dinlarga oid marosim, bayramlarni Ramazon oyiga to‘g‘ri kelib qolishi natijasida Ramazonga oid marosim va an’analar ham har bir mamlakatda o‘ziga xos o‘tkaziladi.
Категория: Islom | Просмотров: 393 | Добавил: KenegesGROUP | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0