Ramazon - hijriy yil hisobining to‘qqizinchi oyi. Islom dinida Ramazon oyida AllohMuhammad (S.A.V)ga Qur’onni vahiy qilgan deb talqin etiladi. Shu sababli, Ramazon muqaddas oy hisoblanadi, bu oy davomida dindorlarga ro‘za tutish buyuriladi. Ramazon - arablarda islomdan avvalgi to‘rt muqaddas oydan biri; dastlab yoz fasliga to‘g‘ri kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada Ramazon oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) an’ana bo‘lgan.